01:04 / 04.11.2022
1 988

Ivan Boshkovich: "Farruh Ikromovga qattiqqo‘llik qilishdi, u shunchaki gol urganini nishonlayotgan edi"

Ivan Boshkovich: "Farruh Ikromovga qattiqqo‘llik qilishdi, u shunchaki gol urganini nishonlayotgan edi"
Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Surxon” (2:1) o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich jamoasi o‘yinda ustunlik qilgani, Farruh Ikromov qizil kartochkaga loyiq ish qilmagani va Aziz Haydarovning jamoadagi o‘rni haqida gapirdi.

– Maydonda to‘liq ustunlik qildik deb aytishim mumkin. To ikkinchi golgacha maydonda nazorat o‘rnatgan edik. Shukrki, g‘alabani ushlab qola oldik.

Agar ko‘rayotgan bo‘lsangiz, so‘nggi oltita o‘yinda olti xil taktikada o‘ynadik. Yaxshi jamoa bir o‘yinda taktikani o‘zgartira olishi, vaziyatga qarab moslasha bilishi kerak. Biz buni uddalay olayapmiz deb hisoblayman.

Farruh Ikromovni bir yil tanaffusdan keyin qaytgani va dastlabki golini kiritgani bilan tabriklayman. Biroz qizishib ketdi, biroz qattiqqo‘llik qilishdi deb o‘ylayman. U shunchaki gol urganini nishonlayotgan edi.

Aziz Haydarovning zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishi bizga yordam beryapti. Buni o‘zim so‘ragandim. Uning futboldagi bilimi, imidji va tajribasi bizga kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ivan Boshkovich: "Farruh Ikromovga qattiqqo‘llik qilishdi, u shunchaki gol urganini nishonlayotgan edi"