date

Raneri va’dasiga vafo qilib, chempion bo‘lgan shogirdlarini yana pissaxonaga olib bordi

Raneri va’dasiga vafo qilib, chempion bo‘lgan shogirdlarini yana pissaxonaga olib bordi

«Lester» jamoasining Angliya chempionligini nishonlash marosimlari davom etmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z va’dasi bo‘yicha shogirdlarini pissa bilan mehmon qilish uchun ularni pissaxonaga olib bordi.


U mavsum davomida har bir gol o‘tkazilmagan o‘yindan keyin shogirdlarini tekin pissalar bilan mehmon qilib ularni rag‘batlantirishni odat qilgandi.

64 yoshli mutaxassis mavsum yakunida chempion bo‘lishsa, shogirdlarini yana o‘sha pissaxonaga olib borishni va’da qilgandi.

«Lester» 3 mayga o‘tar kechasi APLning 36-turi doirasida «Chelsi» va «Tottenhem» o‘rtasida kechgan uchrashuvda durang natija qayd etilishi evaziga avtomatik ravishda muddatidan oldin mavsum chempioniga aylandi.

«Lester»ning jasorati: Raneri xotirasida mavsumning birinchi kunlaridan bugungacha, deyiladi "Kun" nashrida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Raneri va’dasiga vafo qilib, chempion bo‘lgan shogirdlarini yana pissaxonaga olib bordi