
Foto: Boks federatsiyasi
Iordaniyaning Amman shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha 2022 yilgi Osiyo chempionatining 7 noyabr kungi bahslari yakunlandi.
Ushbu kunda o‘zbekistonlik olti nafar charm qo‘lqop ustasi chorak final bahslarida qatnashdi.
-75 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Saidjamshid Ja’farov Tojikiston vakili Abdumalik Boltayevga imkon qoldirmay, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Odiljon Aslonov (-80 kg) esa hindistonlik Chahar Lakshiyaga qarshi kechgan jangda qiyin g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga chiqdi.
Shohjahon Abdullayev (-86 kg) mezbonlar vakili Adilhindavi Odaiga qarshi jang yutqazib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
-92 kg vazn toifasi vakili Madiyor Saidrahimov Kamboja nomidan qatnashgan asli o‘zbekistonlik Abdulla Rajabovdan ustun keldi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
+92 kg vaznda harakat qilayotgan Lazizbek Mullajanov Kuvayt vakili Ali Alqribga imkon qoldirmadi. Mullajonov uchta raundni ham katta ustunlik bilan yakunlab, yarim final yo‘llanmasini naqd qildi.
-50 kg vazn toifasi vakili Aziza Yoqubova vetnamlik Nguyen Ti Tamga yutqazib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
BoksOsiyo ChempionatiO‘zbekistonAmman ShahriCharm Qo‘lqopYarim Final O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar