
Yozda “Roma”ga o‘tganidan keyin mavsum boshidanoq “bo‘rilar”ning yetakchisiga aylangan Paulo Dibala jarohat tufayli safdan chiqqan edi.
La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, 28 yoshli hujumchi jarohatidan qutilgan va tezroq maydonga qaytish uchun mashg‘ulot jarayonida yuklamalarni muntazam ravishda oshirib bormoqda.
Manbaning ta’kidlashiga ko‘ra, Dibala kelayotgan yakshanba kuni “Torino”ga qarshi bo‘ladigan bahs qaydnomasiga kiritiladi. Chunki futbolchi so‘nggi mashg‘ulotlarni hech qanday cheklovsiz umumiy guruh bilan birga o‘tkazyapti.
Dibalaning maydonga qaytishga shoshilayotgani bejiz emas albatta. U tezroq oyoqqa turib, Argentina terma jamoasi safida jahon chempionatida qatnashishni maqsad qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar