
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barselona"ning Ispaniya chempionati 24-turidagi mag‘lubiyatidan hayron qolganini aytib o‘tdi.
"Ko‘rinib turibdki, "Barselona"ning mag‘lubiyati ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Axir ular ajoyib formada edilar va chiroyli o‘yin namoyish qilishayotgandi.
Bizning g‘alabaga kelsak: "Elche"ni yutishimiz kerak va "Barsa"dan ilgarilab ketishimiz lozim edi.
Ammo, bu gapni ko‘p marta takrorlaganman, yana qaytaraman: chempionlik masalasi so‘nggi 38-turda hal bo‘ladi", - deydi Goal nashri Anchelotti so‘zlarini keltirib.
Manba: www.uff.uz