
Angliya terma jamoasi Qatardagi Jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Unga ko‘ra, tarkibdan 26 nafar futbolchi o‘rin olgan.
Ma’lumot o‘rnida, "uch sherlar" mundialda "B" guruhida Eron, AQSH va Uels bilan bir guruhdan o‘rin olgan. Marhamat, quyida kengaytirilgan tarkib bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Garet Sautgeyt quyidagi tarkibni tanlab olgan:
Darvozabonlar: Jordan Pikford («Everton»), Aaron Remsdeyl («Arsenal»), Nik Poup («Nyukasl»);
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Konor Koudi («Everton»), Erik Dayer («Tottenhem»), Harri Maguayr, Lyuk Shou (ikkisi «Manchester Yunayted»), Jon Stounz, Kayl Uoker (ikkisi «Manchester Siti»), Kiran Tripper («Nyukasl»), Ben Uayt («Arsenal»);
Yarim himoyachilar: Jud Bellinghem («Borussiya D»), Konor Gallaher, Meyson Maunt (ikkisi «Chelsi»), Jordan Henderson («Liverpul»), Kelvin Fillips («Manchester Siti»), Deklan Rays («Vest Hem»);
Hujumchilar: Filip Foden, Jek Grilish (ikkisi «Manchester Siti»), Harri Keyn («Tottenhem»), Jeyms Meddison («Lester»), Markus Reshford («Manchester Yunayted»), Bukayo Saka («Arsenal»), Rahim Sterling («Chelsi»), Kallum Uilson («Nyukasl»).

Angliya terma jamoasi B guruhida AQSH, Eron va Uels bilan kuch sinashadi. JCH—2022 20 noyabrda start oladi, final 18 dekabr kuniga mo‘ljallangan.
Angliya Terma JamoasiJahon ChempionatiKengaytirilgan TarkibFutbolchilar Ro‘yxatiB GuruhQatarda O‘yinlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar