18:03 / 11.11.2022
1 510

O‘zbek-qozoq boksi qarama-qarshiligi: finaldagi raqiblar ma’lum bo‘ldi

O‘zbek-qozoq boksi qarama-qarshiligi: finaldagi raqiblar ma’lum bo‘ldi
Ertaga, 12 noyabr kuni boks bo‘yicha Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tadi.

Unda hal qiluvchi bahsga qadar yetib kelgan 7 nafar O‘zbekiston vakili oltin medal uchun jang qiladi.

Raqiblarning 5 nafari — Qozog‘iston vakillaridir. Umuman olganda, Osiyoda kim yetakchi ekanini aynan shu ikki mamlakat bokschilari o‘zaro janglarda aniqlab berishadi.

-51 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Saken Bibosinov (Qozog‘iston)

-57 kg: Abdumalik Xalakov — Serik Temirjanov (Qozog‘iston)

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Shiva Thapa (Hindiston)

-75 kg: Saidjamshid Ja’farov — Nurqanat Rayis (Qozog‘iston)

-80 kg: Odiljon Aslonov — Husseyn Eyshaysh (Iordaniya)

-92 kg: Madiyor Saidrahimov — Aybek Oralbay (Qozog‘iston)

+92 kg: Lazizbek Mullajonov — Kamshibek Kunkabayev (Qozog‘iston)

Ma’lumot uchun: Qozog‘istondan 9 nafar bokschi finalgacha yetib kelgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek-qozoq boksi qarama-qarshiligi: finaldagi raqiblar ma’lum bo‘ldi