
Foto: Boks federatsiyasi
Iordaniyaning Amman shahrida bo‘lib o‘tayotgan erkaklar va ayollar boksi bo‘yicha Osiyo chempionatida 11 noyabr, juma kuni ayol bokschidan final janglarida ishtirok etdi.
-66 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Navbahor Hamidova finalda Janubiy Koreya vakili Choy Hon Gyunga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamidova raqibini mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi.
Yana bir finalchi Sohiba Ro‘zmetova (-75 kg) esa hindistonlik Lovlina Borgoainga imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, yarim finalga qadar yetib kelgan Farzona Fozilova O‘zbekiston ayollar boks terma jamoasi hisobiga bronza medal yozdirib qo‘ydi.
O‘zbekistonAmman shahridaAyollar BoksiOsiyo ChempionatiNavbahor HamidovaSohiba Ro‘zmetova O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar