UFC 281: Dastin Porye Maykl Chendlerga qarshi kechgan jangda uni boʻgʻish usuli bilan taslim etdi

AQShning Nyu-York shahridagi Madison Square Garden’da Oʻzbekiston vaqti bilan 13 noyabr tongida UFC 281 musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqaning asosiy kardida promoushen yengil vazn toifasining yorqin vakillari Dastin Porye (29-7) va Maykl Chendler (23-8) oʻzaro toʻqnash keldi.
Birinchi raundda har ikki yakkakurashchi bir-biriga zarbalar yoʻllashda faol boʻldi. Raund oxirida Porye raqibini muvozanatdan chiqarishga erishdi, biroq finish uchun vaqt yetmadi.
Ikkinchi raund Chendler faollikni oshirdi va besh daqiqalikning katta qismini parterdagi ustunlik bilan oʻtkazdi. Uchinchi raundda ham Maykl raqibini parter holatiga olib oʻtmoqchi boʻldi, biroq Porye qulay vaziyatga ega boʻldi va raqibiga boʻgʻish usulini qoʻllab, taslim etdi.
Qayd etish kerak, Chendler faoliyatida ilk bor sabmishen tufayli magʻlubiyatga uchradi.
Shu tariqa 11 oylik tanaffusdan keyin oktagonga qaytgan Dastin yorqin gʻalabaga erishdi. Porye 2021 yilning dekabrida titul uchun jangda Charlz Oliveyraga yutqazib qoʻygandi.
Chendler esa UFC’dagi beshinchi jangida uchinchi magʻlubiyatni qabul qilib oldi. Maykl bundan avvalgi jangini may oyida Tani Fergyusonga qarshi oʻtkazib, raqibini 2-raundda nokautga uchratgandi.

pic.twitter.com/CBTyiQJJgH
— Shuxrat Razzakov (@ShuhratRazzakov) November 13, 2022

Izohlar 0
…