
“Roma” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya va Qozog‘istonga qarshi o‘yinlar haqida gapirdi.
- 16-noyabr kuni Qozog‘iston bilan, bir-ikki kundan keyin esa Rossiya bilan o‘yin kutib turibdi. Siz uchun qaysi o‘yin muhimroq?
- Avvalo, bizni ikkita qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Biz raqibdan qat’iy nazar har doim g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Shaxsan men uchun Qozog‘istonga qarshi o‘yin ham, Rossiyaga qarshi o‘yin ham qiziqarli tuyulmoqda.
- "Rostov"dagi sobiq jamoadaoshingiz Baxtiyor Zaynutdinov bilan aloqalaringiz qanday?
- Ha, u yaqin do‘stim hisoblanadi, ba’zan yozishib turamiz. Shu bois, ertangi o‘yinni intiqlik kutmoqdaman.
- Rossiyadagi faoliyatingiz borasida qanday xotiralaringiz bor?
- U yerda o‘ynash menga yoqardi. "Rostov"da bir necha yillar yaxshi o‘yinlar o‘tkazdim.
- Karpin bilan o‘yin haqida gaplashdingizmi?
- Hali gaplashganim yo‘q. O‘ylaymanki, o‘yindan keyin u bilan ajoyib suhbat bo‘ladi.
- Ertangi Qozog‘iston bilan o‘yiningizni Sergey Karasev boshqarib boradi. Bu haqda nima deya olasiz?
- Asosiysi, adolatli qarorlar chiqarsa yetarli!
Eldor ShomurodovQozog‘iston O‘yinlariRossiya O‘yinlariFutbol UchrashuviJamoa FaoliyatiYaqin Do‘stlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar