
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi CONMEBOL yutub-kanaliga intervyu berdi. U suhbat chog‘ida jahon chempionati (Qatar-2022) favoritlarini sanab o‘tdi. Qizig‘i, Messining ro‘yxatida o‘z davlati - Argentina yo‘q.
«Agar favoritlarni sanaydigan bo‘lsam, bu ketma-ketlik Braziliya, Fransiya va Angliyadan iborat. Nazarimda, ular boshqalardan sal oldinroqda», — dedi Messi. Ammo u jahon chempionatida har narsa bo‘lishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempioni — Fransiya. 2018 yili Rossiyada o‘tgan mundialda fransuzlar xorvatlardan ustun kelishgan edi.
Qatardagi jahon chempionatiga 20 noyabr kuni start beriladi. Argentina terma jamoasi S guruhida Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan kuch sinashadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar