Shu savolga javob izlab ko‘ramiz va ikki davlatni futbol miqyosida solishtirib chiqamiz.
Bugun Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi. Bu o‘yin uzoq vaqtdan beri markaziy osiyolik futbol muxlislarini o‘ylantirib kelayotgan savolga javob beradi – kim kuchliroq?
Ayni paytda Championat.asia nashri har ikki davlat futboli qay darajada rivojlanganini o‘rganib chiqdi.
Tarkiblar qiymati
Keling, eng aniq narsalardan boshlaylik - masalan, tarkiblarning narxi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi 27,2 million yevroga teng. Qozog‘iston terma jamoasining tarkibi esa 15,7 million yevroga baholanmoqda. O‘zbekiston terma jamoasining deyarli ikki barobar ustunligi!
O‘zbekiston – Qozog‘iston – 1:0
Legionerlar soni
Yana bir ko‘rsatkich legionerlar soni bilan bog‘liq. Xorij chempionatlarida qancha ko‘p o‘yinchi o‘ynasa, terma jamoaning mavqei shunchalik yuqori bo‘ladi.
Biz Yevropada o‘ynayotgan futbolchilarni hisobga oldik. Qozog‘istonda ulardan ikkitasi bor - Nurali Alip va Baxtiyor Zaynutdinov. O‘zbekistonda Eldor Shomurodov, Hojimat Erkinov, Otabek Shukurov va Bobur Abdixoliqov bor. Shuningdek, yaqin vaqtgacha RPL klublari sharafini himoya qilib kelgan Oston O‘runov va ushbu yig‘inga ma’lum sabablarga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilmagan Ibrohimxalil Yo‘ldoshevni ham qo‘shishingiz mumkin. Bunda Qozog‘istonda to‘p tepayotgan Igor Sergeyev haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Har holda ustunlik yana O‘zbekiston tomonida.
O‘zbekiston – Qozog‘iston – 2:0
FIFA reytingi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri futbolning rivojlanish darajasini FIFA reytingi ko‘rsatadi. O‘zbekiston 77-o‘rinda – MDH davlatlaridan faqat Ukraina (27) va Rossiya (33) yuqoriroq. Qozog‘iston Gruziya (78), Armaniston (93), Qirg‘iziston (95) va Belarusni (97) ortda qoldirib, 113-o‘rinni egallab turibdi.
O‘zbekiston – Qozog‘iston – 3:0
Mahalliy chempionat darajasi
Mahalliy chempionat qanchalik rivojlanganligi ham nihoyatda muhim. Eng obyektiv mezon - bu ligada ishtirok etayotgan futbolchilarning bahosi.
Bu yerda Qozog‘iston biroz ustunlikka ega: hozirda QPLda o‘ynayotgan futbolchilarning bozor qiymati – 87,5 million yevro. O‘zbekiston Superligasida esa bu ko‘rsatkich biroz pastroq – 81,8 million yevro.
O‘zbekiston – Qozog‘iston – 3:1
Klublarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari
Qozog‘iston klublari joriy yevrokuboklarda qatnashmayapti. "Qizil-Jar" UYEFA Konferensiyalar Ligasi saralashining uchinchi bosqichida Kiprning APOEL jamoasiga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, "Tobol" Yevropa Ligasi saralashining birinchi bosqichida "Ferensvarosh"ni mag‘lub eta olmadi.
O‘zbekistonga keladigan bo‘lsak, "So‘g‘diyona" OFK Kubogi yarim finaliga qadar yetib borib, "Kuala-Lumpur"ga imkoniyatni boy berdi, "Nasaf" esa Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqdi. "Paxtakor" ham qatnashdi, ammo guruh bosqichidayoq musobaqadagi ishtirokini to‘xtatdi.
Albatta, Yevropa turnirlari Osiyo turnirlaridan yuqori baholanadi. Biz Chempionlar Ligasi Osiyonikidan ancha kuchli ekanligini tushunamiz. Biroq OCHLni Yevropa Ligasi yoki hech bo‘lmaganda UYEFA Konferensiyalar Ligasi bilan solishtirish mumkin.
O‘zbekiston – Qozog‘iston – 4:1
Muxlislar tashrifi
Muxlislarning futbolga qiziqishi ham muhim omil. Bu yerda biz chempionat o‘yinlariga o‘rtacha tashrif kabi ko‘rsatkichni baholaymiz.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilgi mavsumda QPL o‘yinlariga o‘rtacha 3432 kishi tashrif buyurgan. Superligada deyarli bir xil ko‘rsatkich bor - 3,425. Farq unchalik katta emas, shuning uchun bu yerda har bir jamoaga bir balldan ajratamiz.
O‘zbekiston – Qozog‘iston – 5:2
Albatta, ko‘plab boshqa omillarni hisobga olish kerak, ammo ularning barchasi subyektiv bo‘ladi. Biz qandaydir raqamli asosga ega bo‘lgan narsaga tayandik. Raqamlar, siz bilganingizdek, yolg‘on gapirmaydi.
Yakuniy hisob – 5:2, O‘zbekiston foydasiga. Keling, chorshanba kuni "Paxtakor" stadioni tablosida qanday hisob bo‘lishini tekshirib ko‘ramiz.
Nikolay Yegorichev
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi