Mourino endi “Roma”ga yordam berolmaydi

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriyaning “Torino”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida bosh hakam Antonio Rapuanoni haqorat qilgani uchun maydondan haydalgan edi.
Tartib-intizom qo‘mitasi vaziyatni o‘rganib chiqib, portugaliyalik mutaxassisni navbatdagi ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilish bo‘yicha qaror chiqardi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatdi.
Joze Mourino uchrashuvdan keyin o‘z xatti-harakatlari uchun Antonio Rapuanodan uzr so‘ragan. Lekin bu jazoni yengillashtirgani yo‘q
“Roma” A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvlarni yanvar oyida o‘tkazadi. Rimliklar avval o‘z o‘yida “Bolonya”ni qabul qiladi va keyin “Milan” mehmoni bo‘ladi.
Bu Joze Mourinoning joriy mavsumdagi birinchi diskvalifikatsiyasi emas.

Izohlar 0
…