08:48 / 17.11.2022
4 838

"UYEFAda biz emas, O‘zbekiston to‘p surishi kerak ekan!"Alamli mag‘lubiyatni qo‘shnilarimiz ishqibozlari qanday izohladi?

"UYEFAda biz emas, O‘zbekiston to‘p surishi kerak ekan!"Alamli mag‘lubiyatni qo‘shnilarimiz ishqibozlari qanday izohladi?
Yakuniga yetgan O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng qo‘shnilarimiz ijtimoiy tarmoqlarda izohlar yomg‘irini yog‘dirmoqda. Biz Toshkentdagi o‘yinga Qozog‘iston ishqibozlari qanday reaksiya bildirgani bilan qiziqdik.

Eʼtiborlisi shundaki, bu o‘yin fanatlar orasida yaxshigina muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

"Millatlar ligasi"dagi muvaffaqiyatli yurish 100 foiz omad ekanligi ko‘rinib qoldi. Bizning zarbalarimizdan istalgani golga aylangan bo‘lsa, raqiblarda hech narsa o‘xshamagandi. Afsuski, bu barcha bellashuvda sodir bo‘ldi. Terma jamoa va murabbiyning asl darajasi so‘nggi ikki o‘yinda ko‘zga tashlandi. Bu shunchaki pastga qulash!"

"O‘zbek futbolchilari texnik jihatdan kuchli ekan. Biznikilar ular oldida "qishloqlik futbolchilar"ga o‘xshab qoldi".

"O‘zbekistonliklar bu o‘yinni 15 yil kutishgan! Bizning federatsiya ularning barcha shartlariga ko‘ndi. Xuddi ilonning oldiga o‘zi istab borgan quyonga o‘xshab qoldik. Mavsum allaqachon yakunlangan, biznikilar taʼtilda edi. Shunday holatda Toshkentda o‘yin o‘tkazish?! Bu ahmoqlikdan boshqa narsa emas".

"Bu Adiyev yangi shartnoma borasida juda uzoq o‘yladi. Maoshi borasida rosa narxini oshirdi. O‘yinni 15 daqiqadan ortiq ko‘ra olmadim..."

"Adiyev shunchaki bir nechta narsalarni ko‘rib oldi. Umumiy qilib olinsa, biznikilar yaxshiroq ko‘rindi. To‘p nazorati ham vakillarimizda bo‘ldi. Aslida, mana shunday yangi o‘ylamalarni ko‘rib olish uchun ham kerak o‘rtoqlik o‘yinlari. Shaxsan menga yigitlar o‘yinda ustunlik qilishga harakat qilgani manzur keldi".

"Bizga O‘zbekiston darajasiga chiqishimizga hali ancha bor".

"Qozog‘iston qo‘lidan kelgancha harakat qildi. O‘zbekiston reytingda bizdan bejizga balandda emasligini ko‘rsatib qo‘ydi. Ayniqsa, Shomurodov ajralib turdi. Zaynutdinov o‘yinga qo‘shilgach, biznikilarda nimadir o‘xshashni boshladi. Islamxan qaytganidan xursandman. Formasini tiklab olsa, jamoani kuchaytirishiga ishonaman. 2 yildan so‘ng yana katta futbolga qaytish oson emas. Futbolchilarimizdagi charchoq ko‘plab xatolarga sabab bo‘ldi".

"Siz nima xohlagan edingiz? Axir, Qozog‘istondagi yagona jamoa “Astana” ekanligini bilmasmidingiz? Unday bo‘lsa, sizlarga terma jamoa nega kerak? Bugungi Qozog‘iston futbolining yuzi “Astana” bo‘lib qoldi. Ortiqcha gap-so‘zga hojat yo‘q!"

"UYEFAda biz emas, O‘zbekiston to‘p surishi kerak ekan. Adiyev juda kuchsiz murabbiy. "Millatlar ligasi"da shunchaki biznikilarga omad keldi. Biz kelasi mavsumda yengilgina “B” guruhidan tushib ketamiz".

"Agar javob uchrashuvi bo‘lsa, biznikilar 2:0 hisobida g‘alaba qozonadi. Bu aniq. Men, O‘zbekiston terma jamoasining biznikidan kuchli tomonini ko‘rganim yo‘q. Shunchaki, jamoamiz aʼzolari ko‘zida olov ko‘rmadim. Futbolchilarimiz Osiyo jamoalari bilan o‘yinda jarohat olishni istamadi xolos. Ular esa, bizning chempionatga o‘tish uchun bor kuchi bilan o‘zini ko‘rsatishga tirishdi".


Eslatib o‘tamiz, bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Dastlab, 11-daqiqada Hojimat Erkinov bellashuvda hisobni ochdi. 45-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Eldor Shomurodov oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. Shu tariqa, Srechko Katanes shogirdlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Maʼlumot o‘rnida, vakillarimiz 20 noyabr sanasida Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "UYEFAda biz emas, O‘zbekiston to‘p surishi kerak ekan!"Alamli mag‘lubiyatni qo‘shnilarimiz ishqibozlari qanday izohladi?