O‘zbekiston milliy terma jamoasi uzoq tanaffusdan keyin Qozog‘iston milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
“Paxtakor” markaziy stadionida o‘tkazilgan bahsda futbolchilarimiz 2:0 hisobida zafar quchdi. Terma jamoamiz g‘alabasini Yevropa maydonlarida o‘ynayotgan legionerlarimiz tomonidan kiritilgan gollar hal qildi.
Dastlabki vaziyatda Eldor Shomurodov raqib darvozasiga zarba berdi, darvozabondan qaytgan to‘pni “Torpedo” a’zosi Hojimat Erkinov bir necha himoyachi qurshovida turganiga qaramay, darvoza to‘riga joylashga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi gol Eldor Shomurodov hisobiga yozildi. “Italiyalik” legionerimiz katta tezligi evaziga raqib himoyachilarini ojiz qoldirdi va darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Italiya matbuoti “Roma” hujumchisining goliga munosabat bildirdi. Futbolga ixtisoslashgan https://www.pagineromaniste.com sayti O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv haqida shunday yozdi.
- Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mezbonlarning boshlang‘ich tarkibida “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov maydonga tushdi.
Eldor terma jamoasining ikkinchi golini urib, hisobning 2:0 bo‘lishini ta’minladi. Mavsumning birinchi qismida hujumchi A Seriya va Yevropa ligasida jami sakkiz marta maydonga tushgan va “Ludogores” darvozasini ham ishg‘ol qilgan, - deb yozadi mazkur sayt ijodkorlari.
O‘rtoqlik uchrashuvidan keyin Qozog‘iston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Magomed Adiyev shogirdlari darvozasiga kiritilgan gollarda Eldor Shomurodovning xizmati katta ekanini tilga oldi.
- Amalda Eldor darvozamizga ikkita to‘p kiritilishini ta’minladi. Aslida o‘sha vaziyatlarda golli vaziyatdan darak yo‘q edi. Bu futbolchining saviyasidan dalolat beradi. Shuning uchun ham u Italiyada o‘ynayapti.
Raqib darvozabonini ham alohida e’tirof etishim mumkin. Qanot o‘yinchilari tezkor ekan. Bu jamoada sifatli futbolchilar bor va terma jamoaning kelajagi bor, - dedi Magomed Adiyev.
O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy terma jamoalarining o‘zaro raqobati 1992 yildan boshlangan. Toshkentda bo‘lgan so‘nggi o‘yinni qo‘shib hisoblaganda qo‘shnilar jami yetti marotaba to‘qnash kelgan.
1992 yilda Qozog‘iston maydonida o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda mezbonlar kichik hisobda zafar quchgan. Bu qozoq futbolchilarining o‘zaro raqobatdagi yagona g‘alabasi hisoblanadi.
Keyingi o‘yinlarda hamyurtlarimiz uch marotaba muvaffaqiyat qozongan va yana uch marta kuchlar teng kelgan, duranglarning barchasida 1:1 hisobi qayd etilgan. To‘plar nisbati ham terma jamoamiz foydasiga – 10:4.
Transferlar va statistikalarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world saytida qayd etilishicha, Eldor Shomurodov shu kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 58-o‘yinini o‘tkazdi va gollari sonini 32 taga yetkazib oldi.
“Roma” hujumchisi mamlakatimiz bosh jamoasi safida yana ikkita gol ursa, Maksim Shatskixning rekordini takrorlaydi. Uchinchi goli esa Eldorni mutlaq rekordchiga aylantiradi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 20 noyabr kuni Rossiya futbolchilariga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi