Ronaldu: Mundial finalida Messiga qarshi o‘ynash xomxayol...

Ronaldu: Mundial finalida Messiga qarshi o‘ynash xomxayol...
Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati va finalda Portugaliya Messi boshchiligidagi Argentina bilan kuch sinashishi mumkinligi haqidagi taxminga munosabat bildirdi.

- O‘ylashimcha, Qatar jahon chempionatinii yuqori saviyada o‘tkazishga tayyor. Tabiiyki, mavsum o‘rtasida mundialda o‘ynash biroz g‘alati tuyuladi. Lekin bu ham o‘ziga xos yangi chaqiriq. Buning yana bir yaxshi tomoni – men hozir o‘zimni quvvatga to‘la his qilyapman.

Jahon chempionati finalida Messiga qarshi o‘ynash qanday bo‘lishini so‘rayapsizmi. Bu shunchaki yaxshi fantaziya
, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Qatardagi jahon chempionati har ikki yulduz uchun ham faoliyatidagi oxirgisi hisoblanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar