
Luis Enrike va Ispaniya termasi futbolchilari. Foto Global Look Press
Kecha, 20 noyabr kuni Qatarda futbol boʻyicha jahon chempionati start oldi. Turnirning final bosqichiga etib kelgan jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz.
A guruhi. Qatar, Ekvador, Senegal, Niderlandiya
V guruhi. Angliya, Eron, AQSh, Uels
C guruhi. Argentina, Saudiyaya Arabistoni, Meksika, Polsha
D guruhi. Frantsiya, Avstraliya, Daniya, Tunis
E guruhi. Ispaniya, Kosta-Rika, Germaniya, Yaponiya
F guruhi. Belgiya, Kanada, Marokash, Xorvatiya
G guruhi. Braziliya, Serbiya, Shveytsariya, Kamerun
H guruhi. Portugaliya, Gana, Urugvay, Janubiy Koreya.
E guruhi. Ispaniya, Kosta-Rika, Germaniya, Yaponiya
E guruhi taqvimi
23 noyabr
18.00 Germaniya — Yaponiya
21.00 Ispaniya — Kosta-Rika
27 noyabr
15.00 Yaponiya — Kosta-Rika
00.00 Ispaniya — Germaniya
1 dekabr
00.00 Yaponiya — Ispaniya
00.00 Kosta-Rika — Germaniya
Ispaniya
Bir yarim yil muqaddam ispanlar Evropa chempionati finaliga chiqishiga bir baxya qolgandi — jamoa yarimfinalda italyanlarga faqat penaltilar seriyasida yutqazgan. Oʻshanda ham, hozir ham Luis Enrike shogirdlari favoritlar qatorida, lekin jamoatchilik murabbiyning barcha qarorlarini ham toʻgʻri qabul qilmayapti: sentyabrda u Serxio Ramosni tarkibga chaqirmadi, jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibdan esa David de Xea tushib qoldi.
Ammo «MYu» posbonisiz ham Ispaniyada mashhur nomlar etarlicha: Pedri, Gavi, Rodri, Ferran Torres, Dani Karvaxal. Luisa Enrike jamoasi kamida yarimfinalga chiqishi kerak — undan oldinroq turnirni tark etish fojia sifatida qabul qilinadi.
Kosta-Rika
Kostarikaliklar juda kam gol uradi va kam oʻtkazadi. Bu mantiqiy, Yangi Zelandiyaga qarshi oʻtish bahslarida ular 1:0 hisoblarida gʻolib boʻlishdi. Ammo Ispaniya va Germaniya bilan bir guruhda mudofaaga oʻtirib oʻynash qiyin, qarshi hujumlar uyushtirishga ham toʻgʻri keladi. Lekin katta yoshli tarkib bilan buni uddalash imkoni boʻladimi? Kosta-Rika tarkibidagi futbolchilarning yarmidan ortigʻining yoshi 30 dan oshgan — ular qatorida Brayan Ruis, Keylor Navas, Xoel Kempbell va Eltsin Texeda kabi avvalgi turnirlarda ishtirok etgan futbolchilar bor.
Kostarikaliklar Yaponiyadan ochko olishi va guruh favoritlariga qarshi oʻyinlarning ma'lum qismida raqiblarni qiynashi mumkin, ammo bu tarkib JCh-2014 dagi sensatsiyani takrorlay olmaydi — ular chorakfinalga chiqishi imkonsiz.
Germaniya
Toʻrt yil muqaddam nemislar Yoaxim Lev bilan oson guruhdan ham chiqa olmagandi, bu safar Germaniyani turnirga boshqa murabbiy — Hans-Diter Flik olib keldi. Lekin eski muammolarning barchasi ham hal boʻlmagan: xususan, Germaniyada toʻpurar markaziy forvard yoʻq. Timo Verner jarohat tufayli jahon chempionatini oʻtkazib yuboradi, qolaversa, u muntazam gol uradigan hujumchi emasdi.
Lekin nemislarda boshqa liniyalarda kuchli futbolchilar bor: masalan, Tomas Myuller va Manuel Noyer, ular sakkiz yil oldingi muvaffaqiyatda asosiy shaxslardan boʻlgandi.
Yaponiya
Yaponlar navbatma-navbat guruhda yoki 1/8 finalda ishtirokini toʻxtatadi. Agar bu an'ana saqlansa, bu safar osiyoliklar pley-offga chiqa olmasligi kerak. Va bu real holat ham.
Xadzime Moriyasu ikkita top-raqib bilan bir guruhdan joy oldi, qolaversa, jamoa eng yaxshi davrlaridagi kabi kuchli formada emas. Uning etakchilari Takexiro Tomiyasu va Takumi Minamino «Arsenal» va «Monako»da asosiy tarkibning almashtirib boʻlmas futbolchilari emas, Takefusa Kubo esa «Real Sosedad» safida deyarli gol urmayapti. Shu tufayli Yaponiyani pley-offda koʻrishni tasavvur qilib boʻlmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar