12:56 / 21.11.2022
1 045

Mundial taqvimi. H guruhi jamoalari haqida nimalarni bilishingiz kerak?

Mundial taqvimi. H guruhi jamoalari haqida nimalarni bilishingiz kerak?
Krishtianu Ronaldu. Foto Reuters
Kecha, 20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Turnirning final bosqichiga yetib kelgan jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz.

A guruhi. Qatar, Ekvador, Senegal, Niderlandiya
V guruhi. Angliya, Eron, AQSH, Uels
C guruhi. Argentina, Saudiyaya Arabistoni, Meksika, Polsha
D guruhi. Fransiya, Avstraliya, Daniya, Tunis
E guruhi. Ispaniya, Kosta-Rika, Germaniya, Yaponiya
F guruhi. Belgiya, Kanada, Marokash, Xorvatiya
G guruhi. Braziliya, Serbiya, Shveysariya, Kamerun
H guruhi. Portugaliya, Gana, Urugvay, Janubiy Koreya.

H guruhi. Portugaliya, Gana, Urugvay, Janubiy Koreya

H guruhi taqvimi
24 noyabr
18.00 Urugvay — Koreya
21.00 Portugaliya — Gana

28 noyabr
18.00 Koreya — Gana
00.00 Portugaliya — Urugvay

2 dekabr
20.00 Koreya — Portugaliya
20.00 Gana — Urugvay

Portugaliya
37 yoshli Krishtianu Ronaldu o‘zining beshinchi va xayrlashuv jahon chempionatiga «Manchester Yunayted»ning zaxira futbolchisi sifatida keldi. Portugaliyalik futbolchi imkon qadar uzoqroqqa borish va terma jamoalar miqyosida urilgan gollar bo‘yicha jahon rekordini yangilashni istaydi.

Ammo Portugaliyada boshqa top-futbolchilar ham bor: Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Rafael Leau, Ruben Diash, Joau Kanselu, Joau Mariu. Bunday tarkib bilan Fernandu Santush guruhdan chiqishi kerak, ammo uning keyingi yo‘lini taxmin qilish qiyin.

Gana
2010 yilda Ganani jahon chempionati yarimfinalidan penaltidan birgina aniq zarba ajratib qolgandi, ammo afrikaliklar Urugvayga qarshi afsonaviy o‘yinni boy berishgandi. Endi bu jamoalar bir guruhdan joy olishgan, Otto Addo jamoasida guruhdan chiqish uchun ham imkoniyatlar yuqori emas.

Gana tarkibida taniqlik futbolchilar ham bor — masalan, aka-uka Jordan va Andre Ayyu yoki Tomas Parti. Bu yil terma jamoa tarkibi sportcha fuqaroligini o‘zgartirgan ikki kuchli futbolchi bilan kuchaydi, bular — Tariq Lempti («Brayton») va Inyaki Uilyams («Atletik» - u o‘z klubi uchun rekord darajada - 246 o‘yin o‘tkazgan).

Ammo baribir Gananing imkoniyatlari yuqori emas. Jamoada tarkibga endi qo‘shila boshlagan yangi futbolchilar ko‘p. Afrikaliklar jamoasiga birgalikdagi o‘yin amaliyoti yetishmasligi turgan gap.

Urugvay
Janubiy amerikaliklar kutilmaganda uzoqqa borishi mumkin bo‘lgan jamoalardan biri. Urugvay 2010 yilda bo‘lgani kabi yana yarimfinalga yetib borishi mumkin, faqat buning uchun 12 yil oldin bo‘lgani kabi pley-off yo‘li oson bo‘lishi kerak.

Jamoa yaxshi tarkibga ega: faxriylar ham (Luis Suares, Edinson Kavani, Diyego Godin), bugungi kunning yosh yulduzlari ham (Federiko Valverde, Darvin Nunes, Rodrigo Bentankur) bor. Jarohat tufayli jahon chempionatiga «Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo kela olmadi va Diyego Alonso shtabi mudofaa haqida qayg‘urishi kerak: jamao saralash turnirida yetarlicha ko‘p gol qo‘yib yuborgan.

Janubiy Koreya
Koreyaliklar har bir jahon chempionatida guruh favoritlaridan biridan ochko olishadi, ammo hamisha ham pley-offga chiqavermaydi. Bu safar osiyoliklar vakillarida kuzir bor — jahon futboli yulduzlaridan biri va Angliya chempionatining o‘tgan mavsumi to‘purari Son Xin Min. «Tottenhem» forvardi bu mavsumda barqaror o‘yin namoyish eta olmayapti, yaqinda esa ko‘zi atrofidan jarohat oldi. Lekin jahon chempionatida Koreya jamoasi sardori o‘ynashi kutilmoqda.

Agar Son turnirdagi o‘yinlarda maydonga tusha olmasa, Paulu Bentu jamoasi ulkan muammolarga to‘qnashadi — Koreya ko‘p gol ura olmaydi va forvard yetishmovchiligidan qiynaladi.

Portugaliya1, Gana1, Urugvay1, Koreya1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mundial taqvimi. H guruhi jamoalari haqida nimalarni bilishingiz kerak?