
Qatar mezbonligida o‘tayotgan Jahon chempionati 1-turi doirasida Niderlandiya Senegalni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvdan so‘ng afrikaliklar bosh murabbiyi Aliu Sisse matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O‘yin juda yuqori saviyada, qiyin va teng kurashlar ostida o‘tdi. Hisob bellashuvning borishini aks ettirmaydi. Gol urmadik, ammo imkoniyatlarimiz yaxshi edi. Keyingi ikki bahsda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
Hafsalamiz pir bo‘ldi, yigitlar ko‘p kuch sarfladi va kamida durangga loyiq edi. Bu mening aybim bo‘lsa kerak, chunki murabbiy menman. Jamoa mag‘lubiyatga uchrasa, murabbiy aybdor deyishadi. Futbolda asosiysi samaradorlik, agar gol urmasang, g‘alaba qozona olmaysan.
Qatarga qarshi o‘yin juda qiyin bo‘ladi. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, g‘alaba qozonishimiz lozim", - deydi Aliu Sisse. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.