date
views 1 366

Saudiyalik muxlislar Messini "troll qildi"

Saudiyalik muxlislar Messini "troll qildi"
Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Argentina - Saudiya Arabistoni (1:2) uchrashuvida nominal mehmonlar muxlislari Lionel Messini masxara qildi.

Gap shundaki, saudiyalik ishqibozlar bahs yakunida stadionni tark etayotgan argentinaliklarga qarata shunday deb baqirgan: "Messi qani? Uni ko‘ryapsizmi?".

O‘yinni yaxshi boshlagan Skaloni shogirdlari 10-daqiqada Messining tezkor goli evaziga hisobni ochgandi. Ammo "sahro lochinlari" ikkinchi taymni ancha faol o‘tkazib, 6 daqiqa ichida ikki bor Emiliano Martines postini ishg‘ol etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiyalik muxlislar Messini "troll qildi"