
Futbol boʻyicha JCh—2022 1-turi doirasida Ispaniya va Kosta-Rika terma jamoalari 23 noyabr, chorshanba kuni oʻzaro toʻqnash keldi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Dani Olmo ispanlarni hisobda oldinga olib chiqqan boʻlsa, 21-daqiqada Marko Asensio jamoasining hujumini gol bilan yakunladi.
31-daqiqada Ferran Torres penaltidan unumli foydalanib, hisobni yirik koʻrinishga olib keldi. Ikkinchi boʻlim boshida Torres dublni rasmiylashtirdi.
74-daqiqada Gavi jamoasining tezkor kombinatsiyasini chiroyli gol bilan yakunladi. Asosiy vaqt soʻngida Karlos Soler oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻygan boʻlsa, qoʻshib berilgan vaqtda Alvaro Morata yakuniy hisobni oʻrnatdi — 7:0.
Guruhning dastlabki bahsida Yaponiya terma jamoasi Germaniyani 2:1 hisobida magʻlub etgandi.
Shu tariqa, ispanlar "E" guruhida oʻz guruhida peshqadam boʻlib oldi.
Ispaniya – Kosta-Rika 7:0
Gollar: 1:0 – 11 Olmo, 2:0 – 21 Asensio, 3:0 – 31, penalti Ferran Torres, 4:0 – 54 Ferran Torres, 5:0 – 74 Gavi, 6:0 – 90 Soler, 7:0 – 90 Morata.
Ispaniya – Unai Simon, Aspilikueta, Laport, Rodri, Alba (Balde, 64), Buskets (Koke, 64), Pedri (Soler, 57), Gavi, Olmo, Asensio (Uilyams, 69), Ferran Torres (Morata, 57).
Kosta-Rika – Navas, Fuller, Martines (Uoston, 46), Duarte, Kalvo, Ovedo (Matarrita, 82), Borxes (Agilera, 72), Texeda, Kempbell, Kontreras (Samora, 61), Bennette (Ruis, 61).
Ogohlantirish: Kalvo (68). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar