
Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Germaniya - Yaponiya (1:2) uchrashuvidan so‘ng "nemis mashinasi" yetakchilaridan biri Tomas Myuller mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.
"Uzoq vaqt davomida raqibdan yaxshiroq o‘ynadik, ammo futbolda ustunlikni golga aylantirish lozim. Bizda samaradorlik ancha past edi.
Mundialni mag‘lubiyat bilan boshlash kulgili. Lekin o‘tkazib yuborgan gollarimizga qaralsa, mag‘lubiyat o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmadi. Buni inobatga olishimiz shart.
Yutqazganini tan olish hech qachon oson bo‘lmaydi. Biroq biz xolis fikr yuritishimiz kerak. Agar yaratgan vaziyatlaringizdan foydalana olmasangiz, hech narsa yuta olmaysiz", - dedi Myuller.
Endi germaniyaliklar navbatdagi o‘yinni Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi.
Jahon ChempionatiGermaniya YaponiyaTomas MyullerMag‘lubiyat SabablariFutbolda UstunlikIspaniya O‘yini O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar