“Roma” oldiga joriy mavsumda jiddiy vazifalar qo‘yilgan. Joze Mourino shogirdlari chempionat yakunida kuchli to‘rtlikdan joy olib, kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishi shart.
Bundan tashqari, “bo‘rilar” o‘tgan mavsumda qo‘lga kiritilgan Konferensiyalar ligasi bosh sovrini yoniga bu gal Yevropa ligasining kubogini qo‘shib qo‘yishi topshiriq sifatida yuklangan.
“Roma” bu ikki murakkab vazifani uddalashga qiynalmoqda. A Seriyada ham Yevropa Ligasida ham ishtiroki ishonchli chiqayotgani yo‘q. Mourino shogirdlari har ikki turnirda yetarli darajada g‘alaba qozona olmayapti. Aksincha, kutilmagan joyda mag‘lubiyat yoki durang qayd etgan o‘yinlar ko‘p bo‘ldi.
Qatardagi jahon chempionati munosabati Yevropaning ko‘p ligalarida tanaffus e’lon qildi. Bundan unumli foydalanish maqsadida “Roma” ikkita yig‘in tashkil qiladi. Ulardan birinchisi Yaponiyada boshlandi.
Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabi yig‘inga asosiy tarkib, zaxira va yoshlar jamoasidan o‘yinchilarni jalb qildi. Tabiiyki, jahon chempionatida to‘p tepish uchun o‘z milliy terma jamoalariga chaqirtirilgan argentinalik Paulo Dibala, polshalik Nikola Zalevski, portugaliyalik Ruy Patrisio va urugvaylik Matias Vina klub yig‘inlarini o‘tkazib yuboradi.
Shuningdek, jarohatidan tiklanayotgan Jorjino Veynaldum, qo‘lini operatsiya qildirgan Brayan Kristante tiklanish jarayonida bo‘lgani bois Yaponiyaga taklif qilinmadi. Joze Mourino bilan urishib qolgan Rik Karsdorp ruhiy holati yaxshi emasligini ro‘kach qilib, klubga qaytgani yo‘q.
Bu futbolchilarning o‘rnini o‘rinbosarlar tarkibida o‘zini ko‘rsatgan Kerubini, Keramitsis va Taxirovich kabi yoshlar egalladi. Shuningdek, o‘z mamlakatlari terma jamoalarining yig‘inida qatnashgan Eldor Shomurodov va Nikola Dzanola ham Joze Mourino ixtiyoriga yetib bor.
Yaponiyadagi yig‘inga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabonlar: Svilar, Bur.
Himoyachilar: Smolling, Ibanes, Manchini, Spinatssola, Chelik, Missori, Kumbulla, Keramitsis.
Yarim himoyachilar: Pellegrini, Matich, Taxirovich, Fatikanti, Bove, Tripi, Volpato.
Hujumchilar: Abraxam, Shomurodov, Belotti, Kerubini, El-Shaaravi, Dzanolo.
Yaponiyadagi yig‘in 29 noyabrga qadar davom etadi. Yaponiyada Joze Mourino shogirdlari ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Rimliklar 25 noyabr kuni “Toyota” arenasida “Nagoya Grampus”, 28 noyabrda esa Yaponiya milliy stadionida “Yokogama Farinos” futbolchilari bilan kuch sinashadi.
“Roma” klubi Yaponiyadan keyin ikkinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini odatga ko‘ra, Joze Mourinoning yurti Portugaliyada tashkil qiladi.
A Seriya o‘yinlari 4 yanvardan davom ettiriladi. Shu kuni poytaxtliklar “Olimpiko” stadionida “Bolonya” qarshi saf tortadi.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?