
Ispaniyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida finalchilar aniqlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, yarim final bosqichida ringga ko‘tarilgan 10 nafar vakilimizdan 8 tasi g‘alaba qozonib, chempionlik uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Yarim final natijalari:
-48 kg: Gulsevar G‘aniyeva - Novaoanni Nunes (Dominikan Respublikasi) 3:2
-70 kg: Aziza Zokirova - Laura Moran (Irlandiya) 5:0
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Stigen Sorensen (Norvegiya) 3:2
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev - Ashish (Hindiston) 3:4
-67 kg: Javohir Ummataliyev - Levi Barnes (Angliya) 4:1
-75 kg: To‘rabek Xabibullayev - Kristian Barrera (Kuba) 5:0
-75 kg: Sahobat Husanova - Karolina Solano (Kolumbiya) 0:5
-57 kg: Baxtiyor Asadov - Chada Fipps (AQSH) 4:1
-71 kg: Fazliddin Erkinboyev - Aleksis Veita (Kuba) 3:0
-80 kg: Rahmatillo Boymatov - Frank Reynoso (Kuba) 5:0
Eslatib o‘tamiz, final janglari 25 va 26-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
BoksJahon ChempionatiYoshlar MusobaqasiYarim FinalG‘alabaO‘zbekiston O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar