
Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. 25 va 26 noyabr kunlari chempionatda final bahslari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, musobaqaning finaliga eng ko‘p yo‘llanmani O‘zbekiston delegatsiyasi qo‘lga kiritdi. Quyida bu borada to‘liq statistika bilan tanishib olishingiz mumkin:
Eng ko‘p finalchiga ega mamlakatlar:
- O‘zbekiston: 8 ishtirokchi
- Hindiston: 7
- Angliya, Qozog‘iston, Ukraina: 4
- Kuba, Germaniya: 3
- Gruziya, Meksika, Niderlandiya: 2
- Armaniston, Kolumbiya, Daniya, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Yaponiya, Norvegiya, Filippin, Serbiya, AQSH: 1 tadan
Qizlar o‘rtasidagi finallar:
- Hindiston: 4 ishtirokchi
- Germaniya, O‘zbekiston: 3
- Angliya, Qozog‘iston, Niderlandiya, Ukraina: 2
- Kolumbiya, Daniya, Irlandiya, Norvegiya, Serbiya, AQSH: 1
Erkaklar o‘rtasidagi finallar:
- O‘zbekiston: 5 ishtirokchi
- Kuba, Hindiston: 3
- Angliya, Gruziya, Qozog‘iston, Meksika, Ukraina: 2
- Armaniston, Vengriya, Italiya, Yaponiya, Filippin: 1
Konfederatsiyalar kesimida:
Yevropa: 22
Osiyo: 21
Amerika: 7
Afrika: 0
Okeaniya: 0 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.