Shaxmat. O‘zbekiston jahon chempionati finalida!

Shaxmat. O‘zbekiston jahon chempionati finalida!
Isroil davlatida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha FIDE jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.

Bugun musobaqaning yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz Hindiston jamoasiga qarshi dona surdi. GM Nodirbek Yakubboyev, GM Javohir Sindarov, GM Shamsiddin Vohidov, GM Jahongir Vohidovdan iborat jamoa birinchi o‘yinda 2:2 durang qayt etgan bo‘lsa, ikkinchi bahsda 2.5-1.5 hisobida zafar quchdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Finaldagi raqib esa Xitoy terma jamoasi bo‘ladi.
Shaxmat. O‘zbekiston jahon chempionati finalida!
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar