Futbol bo‘yicha JCH—2022 2-turida Niderlandiya va Ekvador terma jamoalari 25 noyabr, juma kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Kodi Gakpo hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Ekvador a’zosi Enner Valensiya muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va durang natija qayd etildi.
Niderlandiya va Ekvador 4 ochkodan jamg‘arib, guruhda 1 va 2-o‘rinlarni egallab turibdi.
A guruhining ikkinchi o‘yinida Senegal Qatar ustidan g‘alaba qozondi.
JCH—2022
2-tur bahsi
Niderlandiya — Ekvador 1:1
Gollar: 1:0 – 6 Gakpo, 1:1 – 49 Valensiya.
Niderlandiya: Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind, Klassen (Bergeys, 69), Kopmeyners (de Ron, 79), de Yong, Bergveyn (Depay, 46), Gakpo (Vegorst, 79).
Ekvador: Galindes, Presiado, Torres, Poroso, Inkapie, Estupinyan, Mendes, Plata (Ibarra, 90), Kaysedo, Valensiya (Rodriges, 90), Estrada (Sarmiento, 74).
Ogohlantirish: Mendes (57). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?