Qishki transferlar yaqinlashgani sari A Seriya jamoalari ham o‘zlarining nozik nuqtalarini kuchaytirish uchun kerakli o‘yinchilarini olish yo‘llarini qidirmoqda.
“Roma”da asosiy tarkibga kiritilmayotgan Eldor Shomurodov ham bir necha klublar nishonida turibdi. Yanvarda legionerimizning bozori qaynaydigan ko‘rinadi.
Italiya matbuoti “Monsa”, “Sampdoriya”, “Torino”, “Bolonya”, “Kremoneze” kabi jamoalar o‘zbek futbolchisiga qiziqish bildirayotgani haqida muntazam xabar tarqatmoqda.
Futbolga ixtisoslashgan https://footballnews24.it sayti jurnalisti Serjio Karloni “Sampdoriya”, “Kremoneze” va “Torino” o‘zbekistonlik hujumchi masalasida “Roma”ga murojaat qilganini bildirdi.
Bundan tashqari, Tuttosport nashrI “Sampdoriya” rahbariyatining Shomurodov bo‘yicha pozitsiyasi haqida xabar tarqatdi. Unga ko‘ra, Genuya klubi bosh murabbiyi Deyan Stankovich Eldor Shomurodovni muntazam boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirishga tayyor.
Ayni paytda Stankovich hujum chizig‘idagi futbolchilaridan umuman noroziligi aytilmoqda. Bu jamoaning oldingi chizig‘i faqat italiyalik forvardlar – Manuel de Luka, Franchesko Kaputo, Manolo Gabbyadini, Fabio Kvalyarella Daniele Montevagodan tarkib topganiga qaramay, ularning aksariyati raqib darvozasiga yo‘l topa olmayapti. Ularning orasida Kaputo va Gabbyadini bittadan to‘p kiritgan xolos.
Qolaversa, xafli hududga tushib qolgan “Sampdoriya” A Seriyada eng kam gol urgan jamoa hisoblanadi. Genuyaliklar hisobida jami oltita to‘p bor. Qolgan barcha jamoalar o‘ntadan ko‘p to‘p kiritgan.
Shu bois, bu klub rahbariyati “bo‘rilar” safida o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan Eldor Shomurodov jamoaga yordam bera olishiga ishonmoqda.
Men yanada kuchayishim kerak
“Roma”ning 19 yoshli hujumkor futbolchisi Kristian Volpato mavsumning ikkinchi yarmida ham o‘sishda davom etishiga ishonmoqda.
Men chempionatda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, yanvarda eng yaxshi holatimga qaytishim kerak. Buning uchun hozirdan mashg‘ulotlarda ko‘p ter to‘kishimga to‘g‘ri keladi.
- Shubhasiz, men ham jahon chempionatida qatnashgim keladi, lekin bu ishni kelajakda amalga oshiraman.
Men Mourino qo‘l ostida shug‘ullanishdan baxtiyorman. Joze doim g‘alaba qozonishni istaydi va bizni ham har qanday holatda faqat g‘alaba uchun o‘ynashga undaydi, - dedi Kristian Volpato.
Volpato o‘zi tug‘ilgan yurt – Avstraliya terma jamoasidan chaqiruv olib, jahon chempionatiga taklif qilingan edi. Lekin kelajakda Italiya terma jamoasida o‘ynashni rejalashtirayotgan futbolchi bu imkoniyatdan voz kechdi.
Klub Karsdorpga ishonmadi
Joze Mourino bilan kelisha olmay qolgan Rik Karsdorp mashg‘ulotlarga yetib kelmadi va jamoa bilan Yaponiyaga safar qilmadi.
Niderlandiyalik himoyachi o‘z harakatini bosh murabbiy bilan suhbatdan keyin psixoligiyasi buzilgani bilan izohladi va shifokorlar ma’lumotnomasini taqdim qildi.
“Roma” rahbariyati futbolchini Rimga chaqirdi. Ular Karsdorpdan klub bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tishni talab qilyapti.
Shuningdek, futbolchining agenti Yoxan Xenkes Joze Mourino Rimga qaytishi bilan klub rahbariyati ishtirokida tashkil etiladigan uchrashuvda qatnashishi lozimligi haqida ogohlantirish oldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?