21:06 / 27.11.2022
957

JCH—2022. Marokash terma jamoasi Belgiyani taslim etib, guruh peshqadamiga aylandi

JCH—2022. Marokash terma jamoasi Belgiyani taslim etib, guruh peshqadamiga aylandi
Futbol bo‘yicha JCH—2022 2-turida Belgiya va Marokash terma jamoalari 27 noyabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi, biroq darvozalar daxlsiz qoldi.

73-daqiqada Abdulhamid Sabiri jarima zarbasini muvaffaqiyatli ijro etgan holda, marokashliklarni oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Zakariyo Abuhlol hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Shu tariqa Marokash ochkolarini 4 taga yetkazib olgan holda guruh peshqadamiga aylandi. Belgiyada uch ochko bor. Xorvatiya (1) va Kanada (0) terma jamoalari 27 noyabr kuni o‘zaro to‘qnash keladi.

Belgiya — Marokash 0:2
Gollar
: 0:1 – 73 Sabiri, 0:2 – 90+2 Abuhlol.
Belgiya: Kurtua, Mene (Lukaku, 81), Vertongen, Alderveyreld, Kastan, Vitsel, de Bryuyne, Torgan Azar (Trossard, 74), Onana (Tilemans, 60), Eden Azar (Mertens, 61), Batshuayi (de Ketelare, 75).
Marokash: Muhammadi, Hakimi (Attiyyat-alla, 68), Saiss, Agerd, Mazrovi, Amrabat, Amalla (Sabiri, 68), Unai (Al-Yamik, 78), Ziyosh, Bufal (Abuhlol, 73), An-Nesiri (Amdalla, 73).
Ogohlantirish: Onana (29).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH—2022. Marokash terma jamoasi Belgiyani taslim etib, guruh peshqadamiga aylandi