Saudiya Arabistonining «An-Nassr» klubi Krishtianu Ronalduga qiziqish bildirmoqda.
Ar-Riyod jamoasi erkin agent maqomida bo‘lgan futbolchini yanvarda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar qilmoqda CBS Sports. Qayd etilishicha, futbolchining vakillari bu transferga «har qachongidan kuchliroq» qiziqish bildirgan.
Klub portugaliyalik futbolchiga uch yillik shartnoma va bu muddat uchun 75 million dollar maosh taklif qilmoqchi. Avvalroq Saudiya Arabistoni klubi Ronaldu bilan ikki yillik bitim uchun 242 million yevro taklif qilgani aytilgandi.
Tomonlar futbolchining yakuniy qarorini kutmoqda. Agar Ronaldu rozi bo‘lsa transfer tezda rasmiylashtiriladi.
37 yoshli futbolchi 22 noyabr kuni «Manchester Yunayted» bilan o‘zaro shartnomani bekor qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, «An-Nassr» jamoasida o‘zbekistonlik hujumkor yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov to‘p suradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi