
“Roma” tarixidagi eng zo‘r hujumchilardan biri Roberto Prutsso klub rahbariyati yangi bosh murabbiy topishi kerakligini ta’kidladi.
Prutsso hozirgi bosh murabbiy Joze Mourino “Roma”da ishlash ishtiyoqini yo‘qotib qo‘yganini va shunchaki vaqt o‘tkazish bilan mashg‘ul ekanini uqtirmoqda.
- Menga “Roma” rahbariyati Joze Mourinoning gaplarini qanday qabul qilayotgani qiziq. Menimcha, portugaliyalik mutaxassis ketishi kerak, chunki maydondan tashqarida ham o‘yin qila boshladi, - dedi Roberto Prutsso.
Roberto Prutsso “Roma”dagi faoliyati davomida uch marotaba A Seriya to‘purari bo‘lgan va 1983 yili rimliklarning chempiona bo‘lishiga juda katta hissa qo‘shgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar