Eron futbol federatsiyasi AQSH ustidan FIFAga shikoyat qildi. Bunga Amerika ijtimoiy tarmoqlarida Eron bayrog‘idan “Alloh” so‘zining olib tashlanishi sabab bo‘lgan.
“AQSH futbol federatsiyasi Instagram sahifasida Eron bayrog‘idan Alloh so‘zini olib tashlab, noprofessional harakat qildi. Shu munosabat bilan Eron futbol federatsiyasi FIFAga AQSHga qarshi jiddiy chora ko‘rishini so‘rab maktub jo‘natdi”, – deyiladi IRNA agentligi xabarida.
AQSH va Eron 1980 yilda diplomatik munosabatlarni uzgan.
Amerika futbol federatsiyasi yuqoridagi harakatni “Erondagi inson huquqlari uchun kurashayotgan ayollar” bilan birdamlik ramzi sifatida amalga oshirgan.
Eron Islom Respublikasi bayrog‘i o‘rtasida “Alloh” so‘zi yozilgan. Ammo AQSH futbol federatsiyasi Instagram sahifasida esa faqatgina uchta rang — yashil, oq va qizil rangli bayroq ko‘rsatilgan. Keyinchalik Twitter'da bu to‘g‘rilab qo‘yilgan bo‘lsa, Facebook va Instagram sahifalaridan post o‘chirib tashlangan.
Eronning Tasnim axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH bu harakatlari uchun FIFA nizomiga muvofiq 10 ta o‘yindan chetlatilishi kerak.
Eronda so‘nggi oylarda hukumatga qarshi namoyishlar tinmayapti. Eron AQSH va boshqa G‘arb davlatlarini namoyishlarni tashkillashtirishda ayblagan.
AQSH-Eron jamoalari 1998 yilda ham JCHda to‘qnash kelgan. O‘shanda bu o‘yinda eronliklar 2-1 hisobda g‘alaba qozongan. Shuningdek, ular amerikalik o‘yinchilarga tinchlik ramzi bo‘lgan oq atirgul sovg‘a qilishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi