
Jahon chempionati guruh bosqchining 3-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur uchrashuvda Osiyo vakillari 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvning 47-daqiqasida Martin meksikaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Chavez oradagi farqni yana bittaga oshirib qo‘ydi.
O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Al Dovsariy gol urib, hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa, Saudiya Arabistoni guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi. Meksika esa to‘plar nisbatiga ko‘ra Polsha bilan bir xil ochko to‘plab, 3-o‘rinda qoldi.
Saudiya Arabistoni – Meksika 1:2
Gollar: 0:1 – 47 Martin, 0:2 – 52 Chaves, 1:2 – 90 Al-Dovsari.
Saudiya Arabistoni – Al-Ovays, Al-Ganam (Baxebri, 88), Tombakti, Al-Amri, Al-Bulayxi (Sharaxili, 37), Abdelxamid, Al-Dosari, Al-Xassan (Madu, 46), Kanno, Al-Breykan, Al-Shexri (Al-Obod, 62).
Meksika – Ochoa, Sanches (Alvares, 86), Moreno, Montes, Galyardo, Chaves, Pineda (Rodriges, 77), Alvares (Funes Mori, 86), Losano, Martin (Ximenes, 77), Vega (Antuna, 46).
Ogohlantirishlar: Alvares (16), Al-Shexri (28), Al-Xassan (34), Tombakti (52), Madu (81), Al-Amri (90), Baxebri (90).
Guruhdagi yakuniy holat: Argentina va Polsha keyingi bosqichga chiqdi.

Saudiya ArabistoniMeksikaJahon ChempionatiMartin GoliAl-Dovsari GolGuruh Bosqichi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar