“Roma” joriy mavsumda o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga qiynalmoqda. A Seriyada Joze Mourino shogirdlari doimiy kuchli bo‘lgan yetakchi jamoalar bilan yetarli darajada raqobatlasha olmayapti.
“Bo‘rilar”ning xalqaro maydon – Yevropa ligasidagi o‘yini ham muxlisu mutaxassislarda ijobiy taassurot qoldirgani yo‘q.
Italiyada ancha nufuzli hisoblangan Corriere dello Sport gazetasining direktori Ivan Dzazaroni Rim klubi atrofidagi vaziyatni tahlil qilib, o‘tkir fikrlar bildirdi.
Bu jurnalist Joze Mourinoga eng yaqin manbalardan biri hisoblanadi. Uning maqolasi “Roma” xo‘jayini Den Fridkinga qaratilgan bo‘lib, klubning transfer siyosati tanqid qilingan. Ivan Dzazaroni o‘z maqolasida quyidagi fikrlarni ilgari surdi.
“Umuman olganda, Joze Mourino o‘zi istagan darajada faoliyat yuritishi uchun unga xalaqit qilayotgan omillar bor. Menimcha, klubga egalik qiluvchi Fridkinlar boshqa narsalarga qaraganda, olti yulduzli mehmonxonalarni tashkil qilish masalasiga ko‘proq qiziqadi, shekilli", - deb yozdi Ivan Dzazaroni Corriere dello Sport gazetasidagi maqolasida.
“Mourino “Tottenxem”dan iste’foga chiqarilganidan keyin oradan yetti kun o‘tib, “Roma” bilan shartnoma imzolagan paytda, vaziyat boshqacha bo‘lishi kutilgandi. Hatto, Joze “Roma” Eldor Shomurodov va Matias Vina kabi futbolchilar kelishini bilmagan ham. Aslida sport direktori Tyagu Pinto Rimga kelgunicha Joze u bilan birga ishlashidan ham bexabar bo‘lgan”, – deydi Ivan Dzazaroni.
Maqolada yozilishicha, Joze Mourino jamoa markaziy himoyachiga muhtoj bo‘lib turgan bir paytda hujumchi Ola Solbakkenning olib kelinganini hazm qilishiga to‘g‘ri keldi. Hatto, Temmi Abraxamdan foydali bo‘lgan Edin Jekoni ketishini ham qabul qildi.
“Hozirgi “Roma” tarkibi Fonseka davridagidan zaifroq. Jamg‘armasida 25 ta sovrin bo‘lgan Mourinodek mutaxassis obro‘-e’tibor nuqtai nazaridan “Roma”dan 7-8 baravar ustun turadi. Mourino nimani noto‘g‘ri qildi? Uning tarkibi avvalgidan kuchli emas. Faqat ilgari o‘ynagan tajribali o‘yinchilar o‘rnida Volpato va Zalevski kabi yoshlar to‘p tepyapti.
Rik Karsdorp bilan mojaro bo‘ldi. Niderlandiyalik himoyachi doim qo‘rqib o‘ynaydi. “Sassuolo” bilan bahsda ham uch marta to‘pni to‘g‘ri raqibga tepib yubordi, Lorentega bas kelolmadi. Rik yomon o‘yinchi. Omma e’tiboridagi professional bo‘lganingdan keyin tanqid ham ommaviy bo‘ladi-da. Mourino futbolchi o‘z imkoniyatlarini yuz foiz ishga solmaganida e’tiroz qiladi. Karsdorpni tarbiyalashning yagona yo‘li matbuot orqali ta’sir qilish edi”, - dedi Ivan Dzazaroni. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi