
“Roma” rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourino bilan kelisholmay qolgan Rik Karsdorp o‘rniga yangi himoyachi qidirmoqda.
Sport direktori Tyagu Pinto taklif etiladigan futbolchilar ro‘yxatiga “Real” vakili Alvaro Odriosola va “Verona” himoyachisi Josh Doygni ham kiritdi.
Odriosola Karlo Anchelotti boshqarayotgan “Real”ning asosiy tarkibiga kira olmayapti va tezroq o‘ziga muntazam o‘yin amaliyoti beradigan jamoa topmoqchi.
Shotlandiyalik Josh Doyg esa, joriy mavsum A Seriyada to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Har ikki o‘yinchi “Roma”ga o‘tishga qarshi emasligi aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing