Foto: Eduardo Muñoz/Reuters
2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati 48 ta jamoa ishtirokidagi ilk turnir bo‘ladi.
Jahon chempionati tashkilotchilari 48 ta jamoani uchta ishtirokchidan iborat 16 ta guruhga ajratishni rejalashtirgan edi. Biroq, endi to‘rtta ishtirokchidan iborat 12 ta guruhga ajratish masalasi muhokama qilinmoqda. Agar reja amalga oshsa, Jahon chempionati 104 ta o‘yindan iborat bo‘ladi, hozirda o‘yinlar soni 64 taga teng.
Hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan va manfaatdor tomonlar kelgusi oylarda chempionat formatini yana bir bor muhokama qilishi kutilmoqda. Har qanday qaror 2023 yilda qabul qilinishi kerak.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, agar turnir ko‘proq o‘yinlarni o‘tkazish evaziga yana bir necha kunga uzaytirilsa, na FIFA, na yirik homiylar e’tiroz bildirmaydi. Ular chipta sotish va boshqa imtiyozlar orqali katta qo‘shimcha daromad olishi mumkin.
Biroq, bunday qaror klublar va futbolchilar kasaba uyushmalarini ziddiyatga olib kelishi mumkin, chunki taqvim tobora tig‘iz bo‘lib borayotgan sharoitda, top-jamoalar yettita emas, balki sakkizta o‘yin o‘tkazishi kerak bo‘ladi.
Uchta ishtirokchidan iborat guruh formati jiddiy kamchiliklarga ega ekani hozirdanoq tan olinmoqda. Masalan, bu so‘nggi o‘yindagi norasmiy kelishuvlarga olib kelishi mumkin. Aytaylik, har ikkala jamoa to‘plar nisbati bo‘yicha pley-offga chiqish uchun durangga muhtoj bo‘lsa.
Nima bo‘lishidan qat’i nazar, jahon chempionati o‘yinlari soni ortadi. Turnir 1998 yilda 32 ta jamoaga o‘tganidan beri 64 ta o‘yindan iborat. 2026 yilga borib, uni 48 ta jamoaga ko‘paytirish kamida 80 ta o‘yinga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi