JCh-2022. Fransiya Polshani yengib, chorakfinalga yoʻl oldi (video)

JCh-2022. Fransiya Polshani yengib, chorakfinalga yoʻl oldi (video)
Foto: BBC
Bugun, 4 dekabr kuni Qatardagi jahon chempionatining 1/8 finalida Fransiya va Polsha terma jamoalari keyingi bosqich yoʻllanmasini hal qildi.

Frantsuzlar hujumchisi Olivye Jiru 44-daqiqada hisobni ochdi. Mbappening uzatmasini raqib darvozasi pastki oʻng burchagiga joylab qoʻydi.

Bu 36 yoshli futbolchi terma jamoa safida kiritgan 52-gol boʻldi. U Fransiya milliy jamoasining eng yaxshi toʻpurari Tyerri Anri (51 gol)dan oʻzib ketdi.

74-daqiqaga kelib frantsuzlar tabloda oʻzlari uchun qulay hisobni qayd etishdi. Himoyadan tezkor qarshi hujum uyushtirildi, Dembelening uzatmasini Mbappe golga aylantirdi.

Ikkinchi boʻlimda, qoʻshib berilgan ilk daqiqada Mbappe Polsha darvozasini aniq nishonga olib dublga erishdi va mundialdagi gollari sonini beshtaga yetkazib oldi.

Levandovski 90+9 daqiqada polyaklarning oʻyindagi ilk golini penaltidan kiritdi. Ishonchli gʻalaba frantsuzlarni pley-offga olib chiqdi.

Ularning raqibi bugun tunda (soat 23:59 da boshlanadi) Angliya va Senegal terma jamoalari oʻyinidan soʻng ma'lum boʻladi.

JCh-2022. 1/8 FINAL
Fransiya — Polsha — 3:1
Gollar
: Olivye Jiru (44), Kilian Mbappe (74, 90+1) — Robert Levandovski (90+9, penalti).
Fransiya: Loris, Kunde (Disasi, 90), Varan, Upamekano, Ernandes, Rabo, Tchuameni (Fofana, 66), Jiru (Tyuram, 76), Grizmann, Dembele (Koman, 76), Mbappe.
Polsha: Shchensni, Kesh, Glik, Kiver (Bednarek, 87), Bereshinski, Kaminski (Zalevski, 71), Frankovski (Grositski, 87), Krixovyak (Belik, 71), Zelinski, Shimanski (Milik, 64), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Tchuameni (31) — Bereshinski (47), Kesh (88).

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar