
Tailandda akademik eshkak eshish bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlarida ham O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bir qator dasturlarda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Kun davomida sportchilarimiz 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
Kumush medal:
LM2X: Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev
M2: Shehroz Hakimov va Dilshodjon Xudoyberdiyev
M4X: Davrjon Davronov, Mehrojbek Mamatqulov, Abdullo Muhammadiyev, Shahboz Xolmurzayev
JM4X U19: Behruz Safarov, Samandar Hamroqulov, Muhammad Toliboyev, Lazizbek Abdurashidov
Bronza medal:
JM4X U19: Ramizjon Mustafoyev va Jonibek Mamadaliyev
Shu tariqa, hamyurtlarimiz musobaqa davomida 1 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Akademik Eshkak EshishOsiyo ChempionatiO‘zbekiston Terma JamoasiKumush MedalBronza MedalTailand Musobaqasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar