20:26 / 05.12.2022
1 448

"Bu jamoada chempionlik uchun imkoniyat yo‘q..." — Marko Stanoyevich kimni nazarda tutdi?

"Bu jamoada chempionlik uchun imkoniyat yo‘q..." — Marko Stanoyevich kimni nazarda tutdi?
"Nasaf" tarkibida bir necha yildan beri barqaror to‘p tepib kelayotgan legioner Marko Stanoyevichdir.
Futbolchi bu mavsumda ham jamoasining muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shishga harakat qildi. Ayrim pallalarda unga omad yetishmagani ham bor gap. Marko bilan mavsum yakunlari, mundial va boshqa mavzularda suhbatlashdik.

- Dastlab Jahon chempionati uchrashuvlariga to‘xtalsak. Kechagi bahslarni tomosha qildingizmi?
- Albatta. Mundialdagi o‘yinlarni diqqat bilan kuzatib bormoqdaman. Musobaqaning barcha favoritlari bu bosqichga yetib keldi. Fransiya, Angliya, Argentina o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi. Fransuzlar dastlabki uchrashuvlardanoq yaxshi o‘ynab kelyapti. Chempionlik uchun favoritlardan biri. Angliya esa hayron qoldirmadi. Fikrimcha, ularda chempionlikni qo‘lga kiritish uchun imkoniyat yo‘q.

- Turnirda nima ko‘proq e’tiboringizni tortyapti?
- Syurpirizlar ko‘p bo‘lyapti. Osiyo klublari kutilmagan natija ko‘rsatishda ancha yetakchi. Yaponiya va Koreyani guruh bosqichining kashfiyotlari, deb bemalol aytish mumkin. Germaniyaning erta xayrlashishi esa albatta ularga alam qilgani tabiiy. Ammo bu - futbol.

- Borgan sari jamoalar saralanib bormoqda. Kim uzoqroqqa boradi?
- Argentina va Fransiyaning ko‘rsatayotgan o‘yinlari yanada oldinga qarab siljishiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘yin tomonlama ular Angliya va Niderlandiyadan kuchli.

- "Nasaf" bilan uchinchi mavsumingizdan qanday xotiralar qoldi? Umumiy poyoniga yetib borayotgan yil haqida...
- Mavsum uzoq va qiyin, shunga yarasha qiziqarli ham o‘tdi. Afsuski, chempionlikni qo‘lga kirita olmadik. Biroq kubokni qo‘lga kiritdik, OCHLda guruhdan chiqdik. Bularni yil uchun kam yutuq demasdim. Chempionlikka munosib edik, deya olaman. So‘nggi ikki turda omad bizdan yuz o‘girdi.

- Keyingi rejalaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?
- "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda tizzamdan jarohat olgandim. Jarrohlik amaliyotini o‘tkazdim. Hozir esa tiklanish jarayoniga kirishganman. Rejam tezroq safga qaytish va "Nasafga yordam berish.

- Demak yangi mavsumda ham sizni "ajdarlar" tarkibida ko‘ramiz?
- Xudoga shukurki, takliflar doim bo‘lgan. Bu odamni xursand qiladi. Lekin men "Nasaf"da baxtliman. Umid qilamanki, Qarshida qolaman va faoliyatimni davom ettiraman.

- Dragan Cheran bilan birga tushgan suratingizni izohlay olasizmi?
- Cheran menga akadek. U jarrohlik amaliyotidan so‘ng meni shifoxonadan olib chiqishga ko‘maklashdi.

Iskandarov Abdulaziz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bu jamoada chempionlik uchun imkoniyat yo‘q..." — Marko Stanoyevich kimni nazarda tutdi?