22:55 / 09.12.2022
1 320

JCH—2022. Xorvatiya penaltilar seriyasida Braziliyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

JCH—2022. Xorvatiya penaltilar seriyasida Braziliyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi
Futbol bo‘yicha JCH—2022 chorak finalida Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari 9 dekabr, juma kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Shu sabab jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. 105+1-daqiqada Neymar hisobni ochdi. 117-daqiqada esa Bruno Petkovich muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob 1:1 ko‘rinishida yakunlandi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa Xorvatiya 4:2 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa xorvatlar yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylandi.

JCH—2022
1/4 final bahsi
Xorvatiya — Braziliya 1:1
Penaltilar seriyasi: 4:2
Gollar
: 0:1 – 105+1 Neymar, 1:1 — 117 Petkovich.
Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa (Budimir, 110), Modrich, Kovachich (Maer, 105), Brozovich (Orshich, 114), Perishich, Pashalich (Vlashich, 72), Kramarich (Petkovich, 72).
Braziliya: Alisson, Militao (Aleks Sandro, 105), Tiago Silva, Markinos, Danilo, Kazemiro, Lukas Paketa (Fred, 105), Neymar, Risharlison (Pedro, 84), Rafinya (Antoni, 56), Vinisius Junior (Rodrigo, 64).
Ogohlantirishlar: Danilo (25), Brozovich (31), Kazemiro (68), Markinos (77) Petkovich (117).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH—2022. Xorvatiya penaltilar seriyasida Braziliyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi