Jahon chempionati chorak final bosqichidan o‘rin olgan Xorvatiya va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda yevropaliklar penaltilar seriyasida zafar quchdi, 4:2.
Bellashuvdan keyin "pentakampeonlar" bosh murabbiyi Tite rasman iste’foga chiqarildi. Bunga jamoaning mundialda ko‘rsatgan salbiy natijalari sabab bo‘ldi.
61 yoshli mutaxassis fevral oyida Qatardagi Jahon chempionati uning uchun Braziliya boshqaruvidagi so‘ngisi bo‘lishini aytgandi.
«Og‘riqli mag‘lubiyat. Bu davrning yakunlanishi edi. Ha, davr yakunlandi, bu haqida 1,5 yil oldin ham aytgandim.
Qilgan ishimni baholashga qodir emasman. Vaqt o‘tishi bilan bunga o‘zingiz baho berasiz. Hozirgi mag‘lubiyatdan so‘ng, imkoniyatim ham yo‘q», — deydi 61 yoshli mutaxassis.
Tite 2016 yildan buyon «pentakampionlar» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa 2019 yilda Amerika Kubogida zafar quchgan, 2021 yilda esa Amerika Kubogi finaliga qadar yetib borgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi