JCH-2022 chorak finali musobaqaning asosiy favoriti Braziliya TJ Xorvatiyaga penaltilar seriyasida yutqazib, musobaqa bilan erta xayrlashdi. Mazkur bahsdan keyin “pentakampeonlar” sardori Neymar o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Hozir gapirish mushkul. Boshimda ko‘p narsalar aylanmoqda, ammo kiyim almashtirish xonasida bu vaziyat bizga nimani o‘rgatgani haqida gaplashdik. Bizda juda ahil, quvnoq, xushchaqchaq jamoa bor, ammo bugungi kun xursandchilik olib kelmadi va qayg‘uli bo‘ldi.
Afsuski, nohaq o‘yin tufayli musobaqa bilan xayrlashdik. Endi dam olish, yaqinlarni quchoqlash vaqti keldi. Hozir faqatgina ular bizga tasalli bera oladi.
Biroz butun sikl, o‘tkazgan kunlarimizga to‘xtalmoqchiman. Barchasi shunchalik tez ro‘y berdiki, bundan maksimal tarzda foydalanishingiz kerak. U yoki bu futbolchining terma jamoadagi faoliyati yakunlanadi, yoshlar esa keladi. Bu yerda ko‘plab do‘stlar orttirdim, jamoaning bir bo‘lagi bo‘lganimdan xursandman, barcha bilan faxrlanaman.
Afsuski, bu tarkib bilan g‘oliblikni qo‘lga kirita olmadik, ammo shunaqasi bo‘lib turadi. Hozir xafamiz va qayg‘udamiz, barchaga taskin beradigan so‘z topish qiyin”, deydi Neymar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi