
Anliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Fransiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarin bildirdi.
"O‘yin umidlarimizni puchga chiqardi. Men futbolchilarga bor kuchini berishlariini aytdim. Bu turnirda ishtirokimizdan faxrlanaman. Men uchun hakam ishini muhokama qilish to‘g‘ri kelmaydi. Undan ko‘ra o‘z futbolchilarim haqida gapirganim ma’qul.
Ikkita gol o‘tkazib yubordik va imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Xarri Keyn ajoyib harakat qildi. Agar u bo‘lmaganida biz bu bosqichda bo‘lmasdik.
Muhim vaziyatlarda hamma narsani to‘g‘ri qildik. Biz mundialga g‘alaba qozonish uchun kelganmiz va buni uddalashimizga ishongandik. Bizda bunga qodir jamoa bor. Fransiyani g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bizga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazdi. Menimcha, endi bu turnirda hech narsa qilolmaymiz", - dedi "uch sherlar" jamoasi uchtozi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati yarim final juftliklari aniq bo‘ldi. Mazkur bosqichda Argentina Xorvatiya bilan, Fransiya esa Marokash bilan bahs olib boradi.
Garet SautgeytAnliya Terma JamoasiFransiya Mag‘lubiyatiFutbolchilarMundial G‘alabaIkkita Gol O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar