Danni: "Ronaldu matbuot tomonidan o‘ldirildi"

Danni: "Ronaldu matbuot tomonidan o‘ldirildi"
Portugaliya terma jamoasi sobiq a’zosi Danni Krishtianu Ronalduni futbol tarixidagi eng zo‘ri deb hisoblaydi.

"Ronaldu – bu Ronaldu, u jahonning eng zo‘ri, futbol tarixidagi eng yaxshisi. Uni o‘z safiga qo‘shib oladigan klub topiladi. Krishtianu o‘ynashda davom etadi va baxtli bo‘ladi.

Oxirgi oylarda u matbuot tomonidan o‘ldirildi. Ronaldu futbolga bergan narsasidan keyin bunday hurmatsizlikka loyiq emas
", - dedi "Zenit" sobiq futbolchisi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya chorak finalda Marokashga yutqazib, mundial bilan xayrlashdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar