Argentina terma jamoasi JCH—2022 yarim finali doirasida Xorvatiyaga qarshi kechadigan uchrashuvga «jirkanch reja» tuzib qo‘ygan, deya xabar qilmoqda Xorvatiyaning Jutarnij List nashri.
Argentinalik futbolchilarga o‘yin vaqtida raqibni provokatsiya qilish topshirilgan. Bu haqda argentinalik futbolchi Yevropadagi klubdoshlariga ma’lum qilgan. O‘sha o‘yinchi klubdoshlari bilan bo‘lgan videosuhbatda Argentina «raqibni 60 daqiqa ichida sindirishi va g‘alabani naqd qilishi» haqida aytgan.
Argentinaliklar Xorvatiyaning «asabi nozik» o‘yinchilarini provokatsiya qilish orqali 60 daqiqa ichida ikkita gol urish yoki raqib futbolchilaridan birining qizil kartochka olishini reja qilgan.
Janubiy Amerika terma jamoasining uch nafar vakili raqib futbolchilarini quyushqondan chiqarish bo‘yicha «maxsus ko‘rsatma» olgan.
Qayd etilishicha, Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich bu borada ogohlantirilgan.
«Biz Argentina nima qilmoqchi ekanligini aniq ayta olmaymiz, biroq ular raqibni quyushqondan chiqarish va xato qilishga majburlashni istaganda o‘zini qanday tutishini bilamiz. Bu taktikani Niderlandiyaga qarshi o‘yinda ko‘rdik. Ular g‘alaba uchun barcha ishni qilishdan qo‘rqmaydi.
Hayron qoldiradigan narsa yo‘q, ammo afsuski, kimdir Jahon Chempionati finaliga chiqish uchun jirkanch usuldan foydalanishga tayyor. Bunga qarshi chiqish va xotirjamlikni saqlash juda qiyin, biroq Xorvatiya konsentratsiyani yo‘qotmasligi kerak. Xotirjamlikni saqlash va Argentinani maydonda mag‘lub etish kerak. Eng yomon variant — taslim bo‘lish va havaskorlar kabi yutqazish. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», — deya yoziladi Jutarnij List nashrida.
Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 13 dekabr tunida 00:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...