
"Milan"ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich JCH-2022da kim g‘alaba qozonishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘ylaymanki, siz kimni nomini tilga olishimni tushunib turibsiz. Ishonamanki, chempionlik Argentina terma jamoasiga nasib etadi. Ular jahon chempioni bo‘lishga munosib”, - dedi 41 yoshli skandinaviyalik futbolchi Goal.com nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi bugun jahon chempionatining yarim finalida Xorvatiya termasi bilan to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuv g‘olibi finalda Fransiya va Marokash juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Zlatan IbragimovichJCH-2022Argentina Terma JamoasiJahon ChempionatiFutbolSport News O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar