Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti aqlbovar qilmas rejalarni oshkor qildi

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti aqlbovar qilmas rejalarni oshkor qildi
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti Yosir Al-Mishal mamlakat FIFA reytingining kuchli yigirmataligiga kirishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.

“Bizning kelajak uchun strategiyamiz bor. Maqsadimiz 2034 yilga borib FIFA reytingining kuchli yigirmataligiga kirish.

Uch yil avval 70-o‘rinda edik, bugun esa 49-o‘rindamiz. Bu katta sakrash. Futbolni rivojlantirish va Saudiya Arabistonida ommalashtirish bo‘yicha ko‘plab rejalarimiz bor
”, — dedi Yosir Al-Mishal.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2022da Argentinani sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi keyinchalik Polsha va Meksikaga imkoniyatni boy bergan holda “C” guruhida so‘nggi o‘rinda qolib ketdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar