09:30 / 14.12.2022
947

Ispaniya sudi braziliyalik Neymarni oqladi

Ispaniya sudi braziliyalik Neymarni oqladi
Foto: iSport
Ispaniya sudi braziliyalik Neymar hamda uning 2013 yilda «Santos»dan «Barselona»ga o‘tishi bilan bog‘liq ishda firibgarlikda ayblanayotgan boshqa shaxslarni oqladi. Bu haqda AR xabar berdi.

Sud Neymarning shartnomasi qalbakiligi bo‘yicha olib borilgan tekshiruvlarda DIS kompaniyasi da’vo qilgan qing‘irliklarni topmadi.

DIS kompaniyasi Neymar, uning ota-onasi, «Barselona» sobiq prezidentlari Jozep Bartomeu va Sandro Rosel hamda «Santos» sobiq direktori Odilio Rodrigeslarni sudga bergandi.

Ushbu kompaniya 2009 yilda futbolchi (Neymar)ga bo‘lgan huquqning 40 foizini sotib olgan. DIS futbolchi va uning otasiga qarshi surgan da’voga ko‘ra, ular «Barselona»ga o‘tishda klub bilan ikkita soxta bitim tuzishgan, oqibatda kompaniya o‘ziga tegishi ulushdan quruq qolgan. DIS sud orqali €150 mln badal puli undirishdan tashqari, futbolchi va otasini qamatishni ham istayotgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya sudi braziliyalik Neymarni oqladi