
Jahon chempionati finaliga yetib kelgan Lionel Messi hamda Kilian Mbappe Argentina afsonasi Diyego Maradonaning rekordini takrorladi.
Gap shundaki, har ikki futbolchi Qatar yashil maydonlari mezbonlik qilgan mundialda "gol+pas" tizimida 10 ochkodan jamg‘ardi. Argentina sardorida 7 gol va 3 assist mavjud. Fransiya yulduzi 8 ta to‘p kiritib, 2 bor sheriklari goliga hammualliflik qilgan.
Bu orqali ular Maradonaning 1986 yilgi natijasini qayd etdi. Jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritgan o‘sha mundialda Maradona 5 gol va 5 assistni qayd etgan.
Jahon ChempionatiLionel MessiKilian MbappeDiyego MaradonaQatar MundialiGol Pas O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar