Nodirbek Abdusattorov reyting yetakchiligini davom ettirmoqda

Xabar berib o‘tganimizdek, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha Vugar Gashimov xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 22 dekabr kuni blits yo‘nalishi start oldi va 9 turda bahslar bo‘lib o‘tdi.
Kun davomida hamyurtimiz Fransisko Pons (Ispaniya), Aydin Suleymanli (Ozarbayjon), Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon), Hao Vang (Xitoy), Rauf Mamedov (Ozarbayjon) va Gukesh (Hindiston) ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Shahriyar Mamedyarov (Ozarbayjon), Sam Shankland (AQSH), Richard Rapportga (Ruminiya) imkoniyatni boy berdi.
Umumiy turnir jadvalida esa hamyurtimiz 20 ochko bilan hamon yetakchilik qilmoqda.
Ertaga 10-18 tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi va musobaqaning mutlaq g‘olibi nomi aniq bo‘ladi.

Izohlar 0
…